date

Tesla Model Y uchun ilk bor rasmiy quyoshdan himoya pardasi taqdim etildi

Tesla Model Y uchun ilk bor rasmiy quyoshdan himoya pardasi taqdim etildi

Tesla kompaniyasi Model Y elektromobillarining panoramali tomi uchun oʻzining ilk rasmiy yigʻiluvchi quyoshdan himoya pardasini taqdim etdi. Hozircha Xitoy bozorida 1499 yuan (taxminan 236 AQSH dollari) narxida sotuvga chiqarilgan ushbu aksessuar 2025-yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qurilma panoramali tomning qorongʻulash darajasini qoʻlda boshqarish imkonini beradi. Bu esa haydovchi va yoʻlovchilarga ochiq osmon manzarasi hamda quyosh nurlaridan himoyalanish rejimlari oʻrtasida tezda almashish imkonini beradi. Parda salonning shift qismidagi matoga oʻxshash materialdan tayyorlangan boʻlib, metall tutqich va maxsus rolikli mexanizm yordamida interyerga uygʻunlashadi.

Tesla vakillarining taʼkidlashicha, aksessuar foydalanish vaqtida juda past shovqin darajasiga ega va oʻrnatish jarayoni osonlashtirilgan. Ishlab chiqaruvchi xavfsizlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratgan: mahsulot xavfsizlik yostiqchalari tizimi bilan mosligi boʻyicha barcha zaruriy sinovlardan va yoʻl testlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan.

Toʻplam tarkibiga quyoshdan himoya pardasining oʻzi, oʻrnatish asboblari va mahkamlagichlar uchun dekorativ qopqoqlar kiradi. Konstruksiyaning oʻlchamlari va oʻrnatish aniqligini inobatga olgan holda, Tesla ushbu aksessuarni ikki kishi boʻlib oʻrnatishni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Tesla Model Y uchun ilk bor rasmiy quyoshdan himoya pardasi taqdim etildi