date

Suzuki Jimny uslubidagi yangi Suzuki Hustler taqdim etildi

Suzuki Jimny uslubidagi yangi Suzuki Hustler taqdim etildi

Suzuki kompaniyasi Yaponiya bozori uchun oʻzining mashhur Hustler key-karining yangilangan versiyasini namoyish etdi. Ikkinchi avlod debyutidan 6,5 yil oʻtib amalga oshirilgan ushbu restayling modelga afsonaviy Suzuki Jimny yoʻltanlamasiga xos boʻlgan qatʼiyatli koʻrinishni baxsh etdi. Yangilanishlar asosan dizayn, ranglar palitrasi, texnik jihozlanish va shassi sozlamalariga daxldor boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tashqi koʻrinishda kattalashtirilgan radiator panjarasi va bamperning pastki qismidagi yangi havo kirish yoʻlagi diqqatni tortadi. Ayniqsa, Tough Wild versiyasi oʻzining boʻyalmagan plastik elementlari va metall rangli urgʻulari bilan ajralib turadi. Ushbu modifikatsiyadagi radiator panjarasida paydo boʻlgan Suzuki yozuvi stilistik jihatdan aynan Jimny modelini yodga soladi. Avtomobil salonida esa yangi pardozlash ranglari va bazaviy komplektatsiyadanoq elektron toʻxtash tormozi joriy etilgan.

Xavfsizlik tizimlari sezilarli darajada kengaytirildi. Endilikda barcha versiyalar Dual Sensor Brake Support II majmuasi, adaptiv kruiz-kontrol, boʻlakda ushlab turish assistenti hamda koʻrinmas zonalarni monitoring qilish tizimi bilan jihozlanadi. Shuningdek, muhandislar boshqaruvni yanada qulay qilish maqsadida rul mexanizmini qayta sozlashgan.

Texnik qism oʻzgarishsiz qoldi: kapot ostida 660 kub santimetrli, uch silindrli dvigatelga asoslangan "yumshoq" gibrid tizimi joylashgan. Atmosferali dvigatel 48 ot kuchi, turbinali versiya esa 63 ot kuchi taqdim etadi. Uzatmalar qutisi sifatida variator tanlangan boʻlib, mijozlar oldi yoki toʻliq uzatmali (4WD) variantlardan birini tanlashlari mumkin.

Yaponiyada yangilangan Suzuki Hustler narxi Hybrid G 2WD modeli uchun 1 599 400 iyena (taxminan 10 500 dollar)dan boshlanadi. Eng yuqori Hybrid X Turbo 4WD komplektatsiyasi esa 1 971 200 iyena (taxminan 13 000 dollar) etib belgilangan. Kompaniya oyiga 7000 dona avtomobil sotishni rejalashtirmoqda, modelning umumiy savdosi esa allaqachon 1 million donadan oshib ketgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Suzuki Jimny uslubidagi yangi Suzuki Hustler taqdim etildi