BYD zaxira g‘ildirakka ehtiyojni yo‘q qiladigan avtomobilni taqdim etdi

BYD zaxira g‘ildirakka ehtiyojni yo‘q qiladigan avtomobilni taqdim etdi

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi giganti BYD zaxira g‘ildirakka bo‘lgan ehtiyojni deyarli yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyasini namoyish etdi. Kompaniya taqdim etgan YangWang U8 yo‘ltanlamasi shinalardan biri ishdan chiqsa ham harakatni davom ettira oladi.

Avtomobil intellektual vazn taqsimlash tizimi bilan jihozlangan. Agar shinalardan biri butunlay teshilib qolsa yoki bosimini yo‘qotsa, elektron boshqaruv tizimi avtomobil muvozanatini bir zumda qayta hisoblaydi. Natijada mashina barqarorligini saqlab qoladi va uchta g‘ildirakda ham soatiga 80 kilometrgacha tezlikda eng yaqin avtoservisgacha yetib borishi mumkin.

YangWang U8ning imkoniyatlari buning bilan cheklanmaydi. Ushbu model amfibiya xususiyatiga ham ega bo‘lib, zarur holatlarda suv yuzasida suza oladi.

BYD so‘nggi yillarda noodatiy texnologiyalari bilan avtomobil bozorida alohida e’tibor qozonmoqda. Kompaniya ilgari o‘z o‘rnida 360 daraja burila oladigan, to‘siqlardan sakrab o‘ta oladigan hamda tom qismiga maxsus maydoncha o‘rnatilgan avtomobillarni ham namoyish etgan. Mazkur platformadan kichik kopter uchib chiqishi va parvozdan so‘ng yana avtomobil tomiga avtomatik ravishda qo‘na olishi ham mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar