BMW xodimlarni qisqartirib, mashinalar "miyasini" Qualcomm'ga topshiradi

Nemis avtogiganti BMW 2027-yil oxirigacha Germaniyadagi bo'linmalaridan taxminan 8 000 nafar xodimni ixtiyoriy ishdan bo'shatish dasturi asosida qisqartirishini e'lon qildi. Ushbu kadrlar bo'yicha qisqartirishlar asosan ma'muriy va muhandislik bo'linmalarini qamrab olib, ishlab chiqarish sohasi xodimlari bu jarayondan chetda qoladi.
Nemis avtogiganti BMW oʻzining strategik rivojlanish yoʻnalishida keskin oʻzgarishlarga qoʻl urdi. Kompaniya 2027-yil oxirigacha Germaniyadagi oʻz boʻlinmalaridan taxminan 8 000 nafar xodimni ixtiyoriy ishdan boʻshatish dasturi asosida qisqartirishini eʼlon qildi. Shu bilan birga, ixbt.com maʼlumotiga koʻra, BMW kelgusi oʻn yil davomida oʻzining yangi avlod avtomobillari uchun yagona hisoblash platformalari yetkazib beruvchisi sifatida Qualcomm kompaniyasini tanladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, kadrlar boʻyicha qisqartirishlar asosan maʼmuriy va muhandislik boʻlinmalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarish sohasi xodimlari esa bu jarayondan chetda qoladi. Ushbu qadamlar kompaniyaning asosiy bozorlardagi moliyaviy ahvoli yomonlashuvi fonida amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning ikkinchi choragida BMW'ning Xitoydagi savdo koʻrsatkichlari 30 foizga kamaygan boʻlib, shundan soʻng avtoishlab chiqaruvchi oʻzining foyda prognozini pasaytirishga majbur boʻlgan edi.
Sanoatdagi inqiroz va kadrlar siyosati
Kompaniyaning yangi bosh direktori Milan Nedeljkovic xodimlarga murojaat qilib, hozirgi kunda avtomsozlik sanoatidagi ish sharoitlari tubdan oʻzgarib ketganini taʼkidladi. Mazkur muammo faqatgina BMW bilan cheklanib qolmayapti, balki boshqa yirik nemis avtokonsernlariga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Xususan, Volkswagen ham keng koʻlamli qisqartirishlarni koʻrib chiqayotgan boʻlsa, Mercedes oʻz biznes tuzilmasini qayta koʻrib chiqmoqda. Shuningdek, Porsche 2035-yilga borib oʻz xodimlarining qariyb 20 foizini qisqartirishni rejalashtirgan.Avtomobilsozlik bozoridagi shiddatli raqobat va iqtisodiy bosim yetakchi brendlarni xarajatlarni optimallashtirish hamda texnologik jarayonlarni tubdan yangilashga majbur qilmoqda. BMW tomonidan qabul qilingan qarorlar ham aynan global avtomobil bozoridagi yangi voqeliklarga moslashish zarurati bilan izohlanadi.
Qualcomm bilan strategik hamkorlik
Qabul qilingan yangi kelishuvga koʻra, Snapdragon Digital Chassis platformalari nafaqat "raqamli kokpit", balki avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari uchun ham qoʻllaniladi. Odatda avtomsozlikda bu kabi muhim yoʻnalishlarga turli xil yetkazib beruvchilar xizmat koʻrsatar edi. Biroq BMW oʻz tarixida ilk bor ikkala asosiy hisoblash tizimini bitta dasturchi kompaniyaga topshirishga qaror qildi.Ushbu ilgʻor texnologik yechimlar asosan Neue Klasse yangi avlod avtomobillariga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, Snapdragon Ride Pilot texnologiyasi allaqachon haydovchisiz harakatlanish funksiyasiga ega boʻlgan elektr motorli BMW iX3 modelida oʻz amaliy topgan.
Shu tariqa, BMW oʻzining muhandislik boʻlinmalarini qisqartirib borayotgan bir paytda, tashqi yarimoʻtkazgichlar yetkazib beruvchisiga boʻlgan qaramligini sezilarli darajada oshirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu kabi yondashuv avtomobilsozlik kelajagida dasturiy taʼminot va sunʼiy intellekt hal qiluvchi rol oʻynashidan dalolat beradi.






























Izohlar 0
…