Avvalroq, GM Uzbekistan AJ Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning imzosi bilan tasdiqlangan yangi narxlar haqida xabar bergan edik. Ushbu narxlar dollarning so‘mga nisbatan ekvivalentiga qarab belgilangan.
Shuningdek, avtomashinalarning narxi modellar turlariga qarab oshirilgan va narxlarning oshirilishi avval pul to‘lab qo‘yganlarga ta’sir qilmasligi haqida ham ma’lum qilgan edik.
Biz ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida GM Uzbekistan AJ bilan bog‘landik. U erdan ma’lum qilishlaricha, 2017 yil 29 mayga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar (85 va 100 foizlik) uchun yangi narxlar hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.
GM Uzbekistan AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlari inventarizasiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatilgani sababli ham shunday qarorga kelingan. Lekin 1 iyundan keyin mazkur yangi narxlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, xabar berishlaricha, yangi narxlar har hafta AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati o‘zgarishiga qarab yangilanaveradi. Ya’ni dollar oshsa, mashina narxi ham oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi