00:02 / 16.08.2017
13 637

GM Uzbekistan sotuvga qo‘yilgan avtomobillar sonini ma’lum qildi

GM Uzbekistan sotuvga qo‘yilgan avtomobillar sonini ma’lum qildi
GM Uzbekistan har bir dilerlik markazida sotuvga chiqarilgan avtomobillar turi va sonini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ma’lumotlar har kuni yangilanib boradi. Ushbu havola orqali avtomobillar ro‘yxati bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

“Hozirgi kunda «Matiz», «Spark», «Neksiya», «Kobalt» i «Lasetti» rusumidagi avtomobillarga shartnoma rasmiylashtirishingiz mumkin”, — deyilgan xabarda.

«Labo», «Damas», «Orlando», «Malibu» va «Kaptiva» avtomobillariga esa shartnoma olish uchun oldindan ariza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Buyurtmaning bajarilish holatinini esa onlayn tarzda quyida kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, kompaniya xaridorlarga yana bir bor ariza yozish va shartnoma imzolash tartibi, shuningdek to‘lovlarni amalga oshirish va avtomobilni etkizib berish tartibini eslatib o‘tgan.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan sotuvga qo‘yilgan avtomobillar sonini ma’lum qildi