13:02 / 21.09.2017
8 782

Endi avtomobilingiz uchun onlayn-auksiondan birinchi toifali davlat raqamlarini sotib olishingiz mumkin

Endi avtomobilingiz uchun onlayn-auksiondan birinchi toifali davlat raqamlarini sotib olishingiz mumkin
2017 yilning 20 sentyabrida birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuvga avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini qo‘yilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi maxsus axborot portali xabar berdi.

Xususan savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50 dan ziyod “oltin” avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25 dan ortiq lotlar joylashtirildi. Bugungi kundan e’tiboran O‘zRTXB axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar eng kutilayotgan (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 AB kabi avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek avtoraqam.uzex.uz vebsayti birjaning Call-markaziga kelib tushayotgan takliflar asosida muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Shu jumladan vebsaytga buyurtmalar stakani, shaxsiy kabinetda qidirish tizimi, istagan lotga obuna bo‘lish kabi qo‘shimcha funksiyalar kiritildi, ko‘p beriladigan savollar bo‘limi va berilgan takliflar ro‘yxati yaratildi, hamda xaridorlar uchun auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi – 3% ni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Endi avtomobilingiz uchun onlayn-auksiondan birinchi toifali davlat raqamlarini sotib olishingiz mumkin