19:07 / 04.10.2017
8 491

Internetda Tesla yuk mashinasi suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Tesla yuk mashinasi suratlari paydo bo‘ldi
Amerikaning elektr transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasining elektr yuk mashinasi suratlari 26 oktyabrdan keyin paydo bo‘ladi, deb o‘ylaganlar xato qiladi. Reddit portalining ziyrak foydalanuvchilaridan biri kompaniya ishlab chiqqan yuk mashina suratini havola qildi. Unga ko‘ra, avtomobil ancha futuristik shakl-shamoyilga ega bo‘ladi, deb bemalol aytish mumkin. Shu bilan birga, ta’kidlash joiz, uning boshqa jihatlariga oydinlik kirituvchi suratlar mavjud emas.

Uning aniq xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi va interer hozircha qattiq sir saqlanmoqda. Ekspertlarning aytishlaricha, mashina bir marta to‘liq quvvatlangach, 300-500 km masofani ortda qoldirishi mumkin. Shunday ekan, gap qisqa masofalarga yuk tashiy oladigan mashinalar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, hech kimga sir emaski, Ilon Mask haydovchisiz muqobil yuk mashinalari g‘oyasini ham ilgari surgan edi. Shunga ko‘ra, ehtimol, oktyabr oyida biz muoqbil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan mashinani ko‘rarmiz.

Afsuski, Tesla kompaniyasi bu borada birinchisi bo‘lmaydi. Bundan bir necha hafta avval, Amerikaning yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi sanalmish Cummins AEOS nomli elektr yuk mashinasini namoyish etdi. Mashina elektromotor va i 140 kVt/soatlik batareya bilan jihozlangan mashina 225 kilometrgacha harakatlana oladi. Albatta, u uzoq masofalarga qatnovni amalga oshira olmaydi, ammo 20 tonnagacha bo‘lgan yukni yaqin masofalarga yetkaza oladi.

Ko‘ramiz, Tesla bu safar avtoixlosmandlarni lol qoldira olarmikan? Kutamiz.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Internetda Tesla yuk mashinasi suratlari paydo bo‘ldi