2016 yilda Yaponiya yo‘llariga haydovchisiz taksilar chiqadi

Yaponiya hukumati 2016 yildan haydovchisiz taksilarni sinovdan o‘tkazish dasturini ishga tushiradi. Bu haqda Bloomberg'ga asoslanib Kun.uz yozmoqda.
Shu tariqa Tokioda 2020 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Amaldorlar bu loyiha ustida mediaindustriya va DeNA Co o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakillari bilan birgalikda ishlamoqdalar, Tokio yaqinidagi Fudzisava shahrida o‘tkaziladigan sinovlarda ishtirok etish uchun 50 ga yaqin odam jalb qilinadi.
Qayd etilishicha, haydovchisiz taksilar va yo‘lovchilarni haydovchilar kuzatib boradilar. Taksilar Toyota Estima miniveni negizida gibridli dvigatel bilan quriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing