07:38 / 23.12.2017
8 511

Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi - Prezident

Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

«Hozirgi vaqtda viloyatlar o‘rtasida yo‘l-patrul postlarining eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zingiz o‘ylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bo‘lsa, yo‘lda 17 ta postdan o‘tadi. Farg‘ona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi», deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

«Xorazmdan kelayotgan odam qancha postdan o‘tadi. To‘xtatadi, kecha ichgan boshi og‘riyapti, pul olishi kerak, unga beradi, keyin Samarqand, Jizzax...», dedi prezident.

Shu munosabat bilan viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati statsionar postlari sonini keskin kamaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Viloyatlar chegarasidagi barcha yo‘l-patrul postlari tugatiladi - Prezident