Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Facebookdagi "Adliya bilan muloqot" guruhi konsultanti xabar berdi.
Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi.
Jumladan:
- avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari, begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi. Bunda davlat boji miqdori 1,7 baravarga arzonlashdi;
- avtomashinalarni oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji avtomashinaning chet elda yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar, bir xil belgilandi va uning miqdori o‘rtacha 2-5 marotabaga arzonlashdi.
Bu yangilik aholiga yengillik yaratish bilan birga, notarial idoralar xodimlari tomonidan boj to‘lovlarini ortiqcha hisoblash va undirish hamda boshqa korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi, deydi mutaxassislar.
Mazkur infografika "Adliya bilan muloqot" guruhidan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi