
Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan xabarga ko‘ra, GM Uzbekistan kompaniyasi Toshkent ko‘chalarida gaz ballon uskunasi o‘rnatilgan, gazda harakatlanuvchi Lacetti avtomobillarini sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.
Qayd etishlaricha, General Motors talablari bo‘yicha, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda muhandislik o‘zgarishlari yuz bersa, sinov-tajriba avtomobili turli sharoitdagi 20 ming kilometr yo‘lni TAJRIBA, TEST, TEST CAR kabi belgi bilan bosib o‘tadi.
Foydalanuvchilardan biri surat Andijon viloyatida olinganini ta’kidlab, «bu tajriba mashinalariga Andijondan tashqariga ruxsat yo‘q» ekanligini qayd etib o‘tgan. Biroq boshqa foydalanuvchilar surat Toshkentda olinganini, o‘rni kelganda, alohida suratlar bilan ham asoslashga harakat qilgan.

Avvalroq, GM Uzbekistan kompaniyasi 2015 yil oktyabridan gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan Lacetti rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishi haqida xabar berilgan edi.
Manba: Daryo.uz
Toshkent Ko‘chalariTAJRIBA BelgisiLacetti AvtomobiliGM UzbekistanGaz BallonSinov Tajriba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar