
Foto: «Novosti Uzbekistana»
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida xususiy transport vositalarining oynalarini qisman qoraytirishga ruxsat berish taklifi ilgari surildi, deb yozadi Xabar nashri.
Murojaatchining fikricha, O‘zbekiston issiq iqlimli mamlakat bo‘lgani uchun orqa o‘rindiqda o‘tirgan bolalarga dim va issiq havo salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, quyosh nuridan ham zararlanishlari ehtimoldan xoli emas. Ayniqsa, mashina oynasiga parda tutish ham taqiqlangan bir paytda, deyiladi murojaatnomada.
Muallif xorij tajribasini o‘rgangan holda avtomobilning old oynalarini qoraytirishni pulli qilib, davlatga qo‘shimcha soliq to‘lashni taklif etmoqda. Bunda old oynasi qoraytiriladigan avtomashinalar ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar