«Spark» jahon bozorini tark etadimi?

«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Foto: «CarrrsMag.com»
Ekspertlar jahon avtomobil bozorini tark etishga yaqin turgan atomobillar ro‘yxatini tuzishdi (TOP-10). Ro‘yxatga nafaqat eski, balki ikki-uch yil ilgari chiqarilgan, biroq savdosi yurishmayotgan avtomobillar ham kiritilgan.

«Xabar.uz» ning ma’lum qilishicha, bozordan ketishga da’vogarlar reytingi yetakchisi — «Audi R8». Sababi, yaxshi sotilmayapti. Xuddi shu muammoga «Audi TT Roadster» va «Audi A5 Cabriolet» ham duch kelgan.

Krossoverlarga talab kuchayib ketgani «Buick LaCrosse» hamda «BMW 3-Series Gran Turismo»ga aks ta’sir qildi. «Chevrolet»lar — «Impala», «Sonic», «Spark» va «Volt» eskirgan modellar sifatida ro‘yxatga kiritildi.

Reytingning oxirgi qatorlarini «Mercedes-Benz SLC» hamda «Volkswagen Beetle» avtomobillari band etgan. Ularning nufuzi havoga zaharli gazlar chiqarish ko‘rsatkichlari qalbakilashtirilgani uchun tushib ketgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar