Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati
Toshkent viloyatida 21 may kunidan boshlab avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlovchi fotoradar ishlay boshladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xalqaro ahamiyatga ega M39 «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz» avtomobil yo‘lining 838-839 kilometrlari oralig‘ida YTHlarning oldini olish maqsadida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining so‘rovidan, mahalla faollari va fuqarolarining murojaatlaridan kelib chiqqan holda avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi texnik vositasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi.
21 may kunidan boshlab fotoradar ishlay boshladi.
Ushbu moslamani o‘rnatilishdan maqsad transport vositalarini hamda piyodalarni normal holatda harakatlanishlarini ta’minlash, ko‘ngilsiz hodisalar, og‘ir oqibatli YTHlar salmog‘ini kamaytirishdan iborat.
Bu boradagi ishlar Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi