GM Uzbekistan 2018 yil yanvar-may oylarida Rossiyada 5,18 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi, bu 2017 yilga nisbatan 40 foizga ko‘pdir. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi xabar bermoqda.
2018 yil may oyida kompaniya sotuvlari 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 58 foizga pasaydi - 508ta avtomobil.
2018 yil yanvar-may oylarida Rossiya bozorida GM Uzbekistan’ning ulushi 0,7 foizni tashkil etdi. 2017 yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 0,6 foizga teng bo‘lgandi, deyiladi qo‘mita xabarida.
2018 yil may oyining yakunlari bo‘yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar sotish hajmi bo‘yicha 28-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan’ning bironta modeli hisobot davrida Top-25 bestseller orasiga kirmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ravon Rossiyadagi eng arzon xorijiy mashina deb topilgani xabar qilingandi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi