11:59 / 03.08.2018
8 691

Rossiyadagi o‘zbeklar «GM Uzbekistan» rahbariga: «Biz qachon mashina minamiz?» (video)

Rossiyadagi o‘zbeklar «GM Uzbekistan» rahbariga: «Biz qachon mashina minamiz?» (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklarning «GM Uzbekistan» rahbariga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.

«Biz, sizga Rossiyada ishlab yurgan o‘zbeklar nomidan murojaat qilmoqchimiz. Men zavodingiz mashinasini olaman deb necha yildan beri yig‘inaman, lekin mashinangiz narxi ko‘tarilib ketaveradi. 2017 yilning 25 mayida Damasning narxi 32 million 850 ming so‘m edi, hozir 55 million so‘m. Bir yildayam shuncha ko‘tariladimi?», — degan murojaatchi.

«Biz 10 yildan beri mashinangizdan olaylik deb, Rossiyada ishlab yuribmiz. Menga ro‘zg‘orga Damas kerak xolos, Kaptivaga o‘xshagan qimmat mashinalar kerakmas. Lekin shungayam pul yig‘ishga ulgurmayapmiz. Rossiyada shartnomangiz bormi, bu yerda mashinalaringiz narxi 5 ming dollar, biz nega o‘zimizda uni 10 ming dollarga olishimiz kerak? Biz qachon mashina minamiz?», — deya savol bergan u.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyadagi o‘zbeklar «GM Uzbekistan» rahbariga: «Biz qachon mashina minamiz?» (video)