5 148
“Oʻzavtosanoat”AJ : sunʼiy navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda
“Oʻzavtosanoat” AJ maʼlum qilishicha, 2018 yilning 24 dan 28 avgustga qadar “GM Uzbekistan” AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va undan tashqari xaridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).
Shu bilan birga, koʻngilsiz holatlar, yaʼni avtomobilga boʻlgan “sunʼiy” navbatlarni va ular boʻyicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari ham kuzatildi. Bu omillar boʻyicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Xaridorlar manfaatini koʻzlab navbatda turishning shaffofligini taʼminlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta koʻrib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda shu masalaga taʼluqli maʼlumotlar taqdim etiladi.
Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va xaridorlardan qoʻshimcha haq soʻrab zoʻravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Bunda sizning murojaatingiz boʻyicha tezkor yechim topiladi. Barcha noqonuniy xatti-harakatlar alohida nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi