17:50 / 02.09.2018
6 668

“GM Uzbekistan” “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari”ni tashkil etmoqda

«GM Uzbekistan» "Очиқ осмон остидаги савдо майдончалари"ни ташкил этмоқда
“GM Uzbekistan” Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan 5 sentyabrgacha dilerlik avtosalonlari ishlamasligini maʼlum qilgan.

Lekin “GM Uzbekistan” tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilish istagida boʻlgan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida “45 daqiqa ichida avtomobil” dasturiga muvofiq avtomobillarni sotish uchun kompaniya avtomobil bozorlari hududida “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalarini” tashkil etmoqda. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Ilk savdo maydonchasi Toshkent shahridagi Sergeli avtomobil bozori hududida ushbu dam olish kunlari tashkil etiladi. Savdoga 1475 dona “Spark” va “Kobalt”, “Lasetti” avtomobillari qoʻyiladi.

GM Uzbekistan vakillari kerakli tavsiyalarni berib, mahsulot haqida batafsil maʼlumot taqdim etishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “GM Uzbekistan” “Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari”ni tashkil etmoqda