19:10 / 11.09.2018
7 357

GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirdi

GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirdi
GM Uzbekistan AJ avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi oshirilayotgani va ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida dastlabki bosqichda “Lacetti” (1 poz.), “Cobalt” (2 poz.) va “Nexia” (4 poz. AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, “Lacetti” (1 poz. GBU bilan) avtomobilini esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qoʻshimcha ravishda xabardor qilib boriladi.

Kompaniya oʻz xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga oʻtmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirdi