GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi

«O‘zavtosanoat» AJ monitoring vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatida GM Uzbekistan AJ «Humo Avtosavdo» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma’lum qildi.
Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘lgan.
«Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan», - deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘lgan.
«Shuningdek, avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan», - deyiladi «O‘zavtosanoat» xabarida.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…