O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i joriy yilning 1 noyabridan kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur hujjatga muvofiq aynan ushbu sanadan boshlab Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy jarimalarni to‘lashning billing tizimi tajriba tariqasida ishga tushiriladi.
Shuningdek, buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ma’lumotlarning yagona bazasini o‘z ichiga olgan, jarimalar solish tartibotlari va ularning to‘lanishini nazorat qilinishini ta’minlovchi “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT) amaliyotga joriy etilgani ham qayd etilgan.
Endilikda “Ma’muriy amaliyot” KAATdan foydalangan holda transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi birinchi marta yoki takroran sodir etilayotganligi bo‘yicha fakt planshet telefonlar yordamida voqea joyining o‘zida real vaqt rejimida aniqlanadi.
Eng asosiysi, billing tizimidan foydalanishda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun transport vositalari haydovchilarining haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi moddasida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir.
Muhim yangiliklardan yana biri, qoidabuzarga jarima mobil aloqa operatorlari orqali billing tizimidan foydalangan holda SMS shaklda hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJ orqali yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi