4 622
O‘zbekiston elchisi Ukraina o‘zbek avtosanoatini bozordan siqib chiqarishni xohlayotganini aytdi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi “Interfaks” axborot agentligiga intervyu berdi. Suhbat davomida Ukraina tomonidan o‘zbek avtomobillariga nisbatan olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlari haqida gapirib berdi.
— Ukraina O‘zbekistondan yengil avtomobillar importi masalasida tergov-surishtiruv ishlari haqida bayonot berdi. Siz buni qanday izohlaysiz?
— Bu bizni nimadir ayblab, ta’sir o‘tkazib, avtomobillarimizning olib kirilishiga cheklov o‘rnatish borasidagi birinchi urinish emas. Bu marta Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilishi masalalarini o‘rganadi. Bungacha dempingga qarshi surishtiruvlar o‘tkazilgan edi. O‘shanda biz ikki tomonlama ishchi tartibda, normal hamkor davlatlar sifatida ishladik, bir qarorga keldik va kun tartibidan og‘riqli savollarni olib tashladik. Bu safar ham O‘zbekiston tomoni ishchi maslahatlashuvlar shaklida masalani o‘rganib chiqishni taklif etmoqda. Bundan tashqari, Ukraina va O‘zbekiston ikki karra erkin savdo zonasida bo‘lib turishibdi, shu sababli biz korxonalarimizga o‘z mahsulotlarini o‘tkazish uchun bozorga chiqishlarini ta’minlashda barcha yordamni berishimiz kerak.
Hozir Ukraina tomoni “UkrAvto” avtomobil ishlab chiqaruvchilarining arizasi asosida tergov-surishtiruv ishlarini boshlagani bildirilmoqda. Umid qilamanki, bu surishtiruv O‘zbekistonga borib, ma’lumot to‘plab o‘tkaziladi, chunki Ukrainada o‘tirib ular yaxlit manzarani ko‘ra olishmaydi. Agar shunday surishtiruv boshlansa, men uning xolis va shaffof o‘tishidan umid qilaman.
Buning uchun Ukraina tomoni hozir savolnoma tayyorlamoqda, bizning avtomobil ishlab chiqaruvchimiz ham ariza berib jarayonda qatnashish istagida. Bizning yakuniy maqsadimiz Ukraina hududida yashovchi insonlarga arzon va sifatli mashina yetkazib berish. Ukraina tomonidan qabul qilinadigan choralar iste’molchi uchun mashinalar qimmatlashishi, qo‘shimcha bojlar joriy etilishi, bu esa o‘z navbatida narxlarning sezilarli oshishiga sabab bo‘ladi. Ukrainaliklar oldida ikkita tanlov qoladi: yoki Yevropadan eski avtomobillarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish va umuman soliq to‘lamaslik, yoki sifatli texnikani xarid qilib servis va xizmatlardan foydalanish.
Bu yerda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, Ukrainada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga o‘xshash O‘zbekiston yengil avtomobillari ulushi 2015 yilda 0,35 foizni, 2016 yilda 0,22 foizni, 2017 yilda 0,87 foizni tashkil etgan. 2017 yilda “Ravon” modeli sotuvlar bo‘yicha 10-o‘rinni egallagan. Bunday past sotuv hajmlariga ega bo‘lgan “Ravon”ning qanday qilib Ukraina avto ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazayotgani tushunarsiz. Mening kuzatishimcha, bularning barisi qasddan diskriminatsiya qilish, aniqrog‘i, raqobatchini bozordan siqib chiqarishdir.
— Ayni paytda O‘zbekiston va Ukrainadagi savdo balansi saldosi Ukraina foydasiga ekanligidan kelib chiqsak, ukrainalik hamkorlar biroz “yumshoq” bo‘lishlari uchun O‘zbekiston tomoni qandaydir yo‘l bilan Ukraina mahsulotlarining bir qismi importini qisqartirishga urinishiga olib kelmaydimi?
— Albatta, yo‘q! Biz avvalo, eksportimizni oshirish uchun o‘zimiz ko‘proq ishlashimiz kerak. Ayni paytda biz eksportga yetkazib berishni ta’minlash uchun oshirish uchun qandaydir hajmlar, maydonlar topishga harakat qilmoqdamiz. Masalan, biz Ukraina mineral o‘g‘itlar bozorining 22 foizini “yopamiz”.
Bu yildagi muvozanat buzilishi sabab esa, O‘zbekiston Ukrainadan ulkan miqdorda shakar xarid qilmoqda. Menimcha, bu vaqtinchalik holat. O‘zbekistonda ikkita shakar zavodi mavjud: tuzilmadagi o‘zgarishlar, valyuta bozorining erkinlashtirilishi tufayli bu zavodlar vaqtincha ishlamasdan turdi, lekin o‘ylaymanki yaqin orada biz zavodlarimizni ishga tushiramiz, shunda shakar importiga talab keskin kamayadi.
Ba’zi birovlar aytadigandek, «aks harakatlar»ni amalga oshirib, nimalarnidir surishtirib, alohida qandaydir choralar ko‘rmaymiz.
Yuqorida qayd etib o‘tganimdek, paydo bo‘lgan barcha masalalarni ishchi va do‘stona muhitda hal etish tarafdorimiz. Lekin takliflarimizga adekvat reaksiya berilmasa, Ukraina mahsulotlariga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majbur bo‘lamiz.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda xalqaro savdo-sotiq bo‘yicha Ukraina idoralararo komissiyasi O‘zbekistondan yengil avtomobillar importiga nisbatan subsidiyaga qarshi surishtiruv ishlarini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi