8 465
Toshkentda 1 noyabrdan keyin ham haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yilishiga asos bo‘ladigan 14 ta holat
Toshkent shahrida 1 noyabrdan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima solish billing tizimi tajriba tariqasida joriy qilinganligini yoritarkan, OAV «YPX inspektorlari endi haydovchilik guvohnomalarini olib qo‘ymaydi» qabilidagi sarlavhalar bilan xabar tarqatgan edi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, billing tizimidan foydalanish davomida haqiqatan ham haydovchilik guvohnomalari olib qo‘yilmaydi, lekin Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 14 ta moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar bundan mustasno.
IIBB matbuot xizmati 1 noyabrdan faqat Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilayotan billing tizimi ishga tushganidan keyin ham haydovchilik guvohnomasining YPX inspektori tomonidan olib qo‘yilishi uchun asos bo‘ladigan qoidabuzarliklar bilan bog‘liq kodeksning 14 ta moddasi ro‘yxatini keltirdi:
125-1-modda. «Yuk tashish qoidalarini, shatakka olish qoidalarini buzish» (2-qism);
128-modda. «Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi» (4-qism);
128-1-modda. «Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi» (2-qism)
128-2-modda. «Transport vositasini boshqarish paytida monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish» (3-qism);
128-3-modda. «Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi» (4-, 5-qismlar);
128-4-modda. «Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi» (3-qism);
128-5-modda. «Transport vositalari haydovchilarining halaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi» (3-qism);
129-modda. «Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi» (2-qism);
130-modda. «Transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi» (2-qism);
131-modda. «Transport vositalarini mast holda boshqarish» (1-, 3-qismlar);
133-modda. «Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelishi»;
134-modda. «Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi»;
136-modda. «Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi» (1-qism);
137-modda. «Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi