02:34 / 20.12.2018
4 718

Toshkentdagi tunnellardan birida Lacetti avtomobili agʻdarilib ketdi

Toshkentdagi tunnellardan birida Lacetti avtomobili agʻdarilib ketdi
Toshkentda 19 dekabr kuni tunnellardan birida Lacetti avtomobili agʻdarilib ketdi. Bu haqda IIBBʻga tayanib Daryo xabar berdi.

“Bugun (19 dekabr) ertalab 9:00 atrofida 102 raqamiga Sebzor koʻchasidagi tunnelda yuz bergan YTH haqida xabar kelib tushdi. YTH Lacetti avtomobili haydovchisi 20 yoshli Odilbek A. boshqaruvni eplay olmay qolgani tufayli sodir boʻlgan. Oqibatda avtomobil koʻchani yoritish ustuniga urilib, agʻdarilib ketgan”, — deyiladi xabarda.

Haydovchi kasalxonaga yetkazilgan. Unda oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohatlari aniqlangan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentdagi tunnellardan birida Lacetti avtomobili agʻdarilib ketdi