2019 yilning 25 yanvarida turli ijtimoy tarmoqlar va internet resurslarida 01 571 SAV avtoraqami 220,4 mln so‘mga «O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi» AJning onlayn auksioni — avtoraqam.uzex.uz’da sotilganligi to‘g‘risida xabar tarqatilgan edi.
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017 y. 683-sonli «Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 01 571 SAV avtoraqami oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining (RO‘DRB) ro‘yxatiga kiritilmaganligi sababli tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga zid», deb xabar bermoqda «O‘zRTXB» AJ matbuot xizmati.
«Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga ko‘ra jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berilishi mumkin. Buning uchun transport vositalarining egalari doimiy propiska qilingan joyidagi hududiy DYHX organlariga ariza bilan murojaat qilishlari kerak», — deyiladi birja matbuot xizmati xabarida.
«Xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berish stavkalari eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdorida belgilangan.
«O‘zRTXB» AJ OAV vakillari va blogerlarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi», deyiladi xabar so‘ngida.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu avtoraqamga oid shov-shuv ko‘tarilishiga undagi 571 raqamlari Muhammad alayhissalomning milodiy yil hisobida tug‘ilgan yilini bildirishi, SAV esa «sallollohu alayhi vasallam» so‘zlarining qisqartmasi sifatida talqin qilinishi sabab bo‘ldi.
Ilgariroq, «O‘zRTXB» AJ onlayn auksionida «chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi byudjetga 121,7 mlrd so‘m daromad keltirgani xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi