14 fevral kuni GM Uzbekistan AJ «O‘zagrosug‘urta» bilan hamkorlikda Malibu va Tracker avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlarga ushbu avtomobillarni muddatli to‘lov orqali sotib olish bo‘yicha yangi xizmatni taklif qilgandi.
Aksiyaning ilk haftasida 400 dan ortiq Malibu (172) va Tracker (287) avtomobillari sotildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi xizmat shartlariga ko‘ra, xaridor Lacetti avtomobilining puliga (128 mln so‘m) Chevrolet Tracker, Tracker avtomobili puliga esa (215 mln so‘m) Malibu avtomobilini xarid qilishi mumkin. Avtomobilning qolgan summasi esa 12 oy davomida foizsiz bo‘lib to‘lanadi.
Shartnoma tuzilgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3% miqdorida moliyaviy xatardan, shuningdek muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1% miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi hamda avtomobil uchun to‘liq to‘lov amalga oshirilmaguniga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Aksiya 1 martga qadar amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar