
Italiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi "Ferrari" kompaniyasi o‘zining yangi modelini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Ntdtv.ru nashri.
Mazkur SF90 Stradale superkari soatiga 340 kilometr tezlikda harakatlanadi. Uning dvigatel quvvati 780 ot kuchiga ega. Avtomobil 2,5 soniya ichida normal tezlikka erisha oladi. Yangi gibridning narxi hali rasman e’lon qilingani yo‘q. Biroq u 400 ming yevrodan yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar