2 708
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lsa, «O‘zavtosanoat» xorijiy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga qanchalik dosh beradi?
«O‘zavtosanoat» O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lsa, vujudga keladigan raqobatga dosh berish uchun qator choralarni ko‘rmoqda. Tannarxni arzonlashtirish, yangi modellar va modernizatsiya shular jumlasidan. AJ boshqaruvi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga shunday javob berdi.
O‘zbekiston Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda? Bu o‘z-o‘zidan mahalliy yirik ishlab chiqaruvchilar qator imtiyozlardan mahrum bo‘lishini, bojxona to‘lovlari bir maromga keltirilishi, ya’ni kamaytirilishini anglatadi. Xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelishga intilishadi. Bu holatda «O‘zavtosanoat» AJ raqobatga qanchalik dosh bera oladi va buning uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
«Avvalambor, raqobatbardosh bo‘lish uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz tannarxi pasaytirilishi lozim. Misol uchun, o‘tgan 2018 yilda tannarxni 1-2 trln so‘m miqdorida arzonlashtirdik. Ikkinchidan, mahalliy korxonalar modernizatsiyasi amalga oshirilmoqda. Uchinchisi, bu yangi modellar. Shu kabi 2-3ta asosiy jihatlarga e’tibor bersak va ishlab chiqarishga joriy qila olsak, O‘zbekiston JSTga kirgan taqdirda ham, biz raqobatga tayyor holda kiramiz», - dedi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yusupov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar