6 840
O‘zbekistonda Chevrolet Onix ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi ma’lum bo‘ldi
Yangi Chevrolet Onix sedanini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi 60 foizni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida namoyish etilgan videolavhaga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi. Xabarda aytilishicha, bu ko‘rsatkichlarga 2022—2023 yillarda erishish rejalashtirilmoqda.
Onix’da import detallar soni 450, mahalliysi — 600 tani, Damas’da 642 ta import, 323 mahalliy, Lacetti’da —763 va 283, Spark’da — 625 va 288, Nexia’da — 653 va 289, Cobalt’da — 473 va 417 tani tashkil etishi kutilmoqda.
Xorijda ishlab chiqarilgan detallar narxi Onix’da 2 300 dollarni, mahalliysi 4 200 dollarni, Lacetti’da — 4 319 va 2938, Spark’da — 2 393 va 2 984, Nexia’da — 2 995 va 3 500, Cobalt’da — 2 656 va 3 488 hamda Tracker’da — 4 000 va 6 400 dollarga baholangan.
Qayd etilgan grafikka ko‘ra, Lacetti’ning mahalliylashtirish darajasi 38 foizni, Spark’da — 49 foiz, Nexia’da — 49 foiz, Cobalt’da — 52 foiz, Tracker’da — 57 foiz va Onix’da — 60 foizni tashkil etadi.
Avvalroq UzAuto Motors kompaniyasi yangi modellar va yangi ranglardagi avtomobillarni yil oxiriga qadar taqdim etishi, uning arzon modellari Chevrolet Onix va yangi Tracker bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi