3 398
Toshkent viloyatida fotoradarlardan qarzdorligi bor avtoulovlar jarima maydoniga jo‘natilmoqda
Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezlikni me’yoridan oshirish holati bo‘yicha 54 ming 596 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nusxalari «O‘zbekiston pochtasi»ning ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga orqali qoidabuzarni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo‘natilmoqda.
«Hozirgi kunda transport vositasi egalarining manzillariga sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazilganligiga qaramasdan jarimalarni to‘lamay yurgan haydovchilar talaygina», deyiladi viloyat IIBB matbuot xizmati xabarida.
Toshkent viloyatining shahar va tumanlari kesimida tahlil qilinganda, Chinoz tumanida 547 ta, Zangiota tumanida 461 ta, Yangiyo‘l tumanida 428 ta, Qibray tumanida 206 ta, O‘rta Chirchiq tumanida 194 ta, Yuqori Chirchiq tumanida 167 ta, Parkent tumanida 106 ta, Ohangaron tumanida 104 ta, Chirchiq shahrida 98 ta, Bekobod tumanida 86 ta transport vositalari egalarining qarzdorliklari mavjudligi aniqlangan.
Ushbu qarzdorliklarni undirish uchun Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan qarzdorligi mavjud fuqarolarning avtomashinalari jarima maydoniga joylashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi