“O‘zavtosanoat”da 7ta investitsiya loyihasi bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda joriy yil oxiriga qadar Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 25 ta, “O‘zeltexsanoat”da 18 ta, “O‘zavtosanoat”da 7 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 5 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilishini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Qariyb 100 xil turdagi kundalik iste’mol tovarlarini sanoat kooperatsiyasi orqali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, korxonalar bilan manzilli ishlab, ularning quvvatini oshirishga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.
Kimyo sanoatida yangi mahsulotlar ishlab chiqaradigan 4 ta korxonani yil yakunigacha foydalanishga topshirish, 31 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha ishlarni tezlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish, butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirib, mahsulotlar tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.
Transportda yo‘lovchi va yuk tashish sifatini oshirish masalasi muhokama qilinar ekan, mutasaddilarga 10 ming kilometrlik respublika va mahalliy yo‘llarni qurish va ta’mirlash, xalqaro yuk tashishlarga ixtisoslashgan transport-logistika qo‘shma korxonalarini tuzish, Buxoro, Qarshi, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlarini “ochiq osmon” rejimiga o‘tkazish, “Navoiy quruqlik porti”ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi