21:27 / 24.09.2019
4 559

Shavkat Umurzoqov: «O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish

Shavkat Umurzoqov: «O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish
Yiliga kamida 100 ming avtomobil eksportga. «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovning ma’lum qilishicha, uning kompaniya rahbarligidagi bosh maqsadi ko‘proq avtomobilni xorijiy bozorga yetkazib berishdir.

«Ehtiyot yoki butlovchi qismlarni mahalliylashtirish masalasi ishlab chiqilayotgan avtomobillar soniga bevosita bog‘liq. Misol uchun, motor yoki transmissiyani to‘liq lokalizatsiya qilish uchun kamida 400 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi zarur. Xavfsizlik yostiqchasini dunyoda atigi 3ta kompaniya ishlab chiqaradi. Shunga ko‘ra, ayrim ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish qimmatga tushadi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Mumkin bo‘lgan narsani bu yerda, albatta, amalga oshiramiz», - deya qayd etdi Umurzoqov.

U, shuningdek, O‘zavtosanoat tizimining asosiy maqsadiga ham to‘xtalib o‘tar ekan, bosh maqsad avtomobillar tannarxini arzonlashtirish ekanini bildirdi.

«Bizning maqsad, ilgarigidek, fuqarolar xohlasa-xohlamasa ham xarid qiladi, degan maqsad emas, balki ularga yoqadigan, narx jihatdan to‘g‘ri keladigan modellarni ishlab chiqarishdir. Bunda asosiy e’tibor tannarxga qaratiladi. Bir tomondan mahalliylashtirishni amalga oshiramiz. Bu bizlarning rivojlanishimizga, xaridor cho‘ntagiga, davlat byudjetiga, eksportga, investitsiyaga har tomonlama qulay bo‘lishi kerak», - dedi «O‘zavtosanoat» rahbari.

«Bizlar eksport qila oladigan mahsulot chiqarsak, mening maqsadim, «O‘zavtosanoat» maqsadi kamida 100 ming mashina eksport qilishga erishish. Shunda to‘g‘ri rivojlanayotgan bo‘lamiz», - dedi Shavkat Umurzoqov.

U, shuningdek, «O‘zavtosanoat» 2019 yilda 270 ming avtomobil ishlab chiqarishini bildirar ekan, kompaniya Rossiyaga eksportni qayta boshlaganidan tashqari, o‘z avtomobillarini Qozog‘iston, Belorussiya, Ukraina, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilayotganini bildirdi. Xususan, shu yilning o‘tgan davri mobaynida Afg‘onistonga 2 mln AQSh dollariga teng avtomobillar yuborilgan.

Bundan tashqari, «O‘zavtosanoat» rahbari, «AvtoVAZ» kompaniyasining O‘zbekistondagi agresssiv reklama siyosati xususida Kun.uz muxbiri bergan savolga o‘z fikrini bildirar ekan, bu «O‘zavtosanoat» mahsulotlari savdosiga umuman ta’sir ko‘rsatmasligini, sifat va narx masalasidagi natijani vaqt ko‘rsatishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Shavkat Umurzoqov: «O‘zavtosanoat» maqsadi 100 ming avtomobil eksport qilish