Toshkent shahrining ikkita chorrahasida xavfsizlik kamarini taqmaslik hamda telefonda so‘zlashish kabi qoidabuzarliklarni test rejimida qayd etuvchi Xitoyning Hikvision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan videokuzatuv kameralari o‘rnatildi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
«Hozir bu ishlar bizning tizimimizni Xitoy uskunasiga moslashtirish va bizning yorqin quyosh nuri, yog‘ingarchilik, harorat o‘zgarishi kabi iqlim sharoitlarda qanday ishlashini ko‘rish uchun test rejimida amalga oshirilmoqda», — Toshkent YHXB kompyuterlashtirilgan yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Murodov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkentdagi 115 ta chorraha zamonaviy videokameralar bilan jihozlangan. Ular ikki turdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi: svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tish va tezlikni oshirish.
Toshkentda jami 500 dan ortiq chorrahalar mavjud. 2020—2021 yillar mobaynida ularning barchasiga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, shaharda jadal sur’atlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning natijasida shahar landshaftining o‘zgarishi, shuningdek bu ishlarga katta mablag‘ sarflash zarurati jarayonni tezlashtirishni kechiktirmoqda.
Kelgusida shaharda harakatlanish intensivligini qayd etadigan va YHXB kompyuter tizimi orqali svetoforlarning ishlashini avtomatik ravishda sozlaydigan kameralar o‘rnatiladi.
Kamerlarning cheklangan miqdorda o‘rnatilishi, shuningdek ko‘p sonli chorrahalar, yo‘llar, bozorlarga o‘rnatishdan oldin ularni sinab ko‘rish zarurati bilan izohlanadi.
Qayd etilishicha, Toshkentning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralarga chiroq o‘chishi oqibatida elektr ta’minoti yetib bormagan taqdirda ular avtomatik ravishda ushbu chorrahalarga o‘rnatigan javonlardagi ikkitadan akkumulatorga ulanadi va qoidabuzarliklarni qayd etishni davom ettiradi.
Videokameralardan olingan ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri YHXB kompyuter tizimining serveriga o‘tadi, u yerda avtomatik ravishda qayta ishlanadi va u jarima haqidagi ma’lumot pochta xizmati axborot tizimiga o‘tadi, bu esa jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi xabarnomalarni yuborishni ta’minlaydi. Ushbu jarayon inson aralashuvisiz amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi