6 486
2022 yildan ba’zi toifadagi transport vositalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘ildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda 2022 yil birinchi yanvardan boshlab zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi.
Xo‘sh, “M” va “N” toifadagi g‘ildirakli transport vositalariga qaysilari kiradi?
“M” toifadagi g‘ildirakli transport vositalari — kamida to‘rtta g‘ildiragi mavjud bo‘lgan yo‘lovchi tashishda ishlatiladigan mexanik g‘ildirakli yangi transport vositalari, shuningdek, haydovchining joyidan tashqari sakkiztadan oshmagan o‘rindiqlar bilan ta’minlangan, yo‘lovchi tashishda ishlatiladigan avtobuslar, mikroavtobuslar, maxsus yo‘lovchi g‘ildirakli transport vositalari.
“N” toifadagi g‘ildirakli transport vositalari — yuklarni tashishda foydalaniladigan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshmaydigan g‘ildirakli transport vositalari, yuklarni tashishga mo‘ljallangan, maksimal massasi 3,5 tonnadan oshadigan, lekin ko‘pi bilan 12 tonnadan oshmaydigan, yuklarni tashishga mo‘ljallangan, maksimal massasi 12 tonnadan oshadigan g‘ildirakli transport vositalari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”