16:44 / 19.02.2020
7 851

Avtomobillar narxining oshishiga «UzAuto Motors» izoh berdi

Avtomobillar narxining oshishiga «UzAuto Motors» izoh berdi
«UzAuto Motors» kompaniyasi ko‘plab xaridorlar tomonidan yo‘llanayotgan va qiziqtirayotgan «avtomobil narxi oshdimi?» degan savolga javob berib, narxlardagi o‘zgarishlarni quyidagicha izohladi.

Qayd etilishicha, 2020 yildan boshlab «UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi «Spark», «Cobalt», «Lacetti» avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.

Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.
Mazkur holat diler va xaridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4-bandida ham keltirib o‘tilgan.

Shuningdek, shartnoma shartlariga ko‘ra, qo‘shimcha opsiyalar kiritish bilan bog‘liq ravishda avtomobil (tovar) narxi o‘zgargan taqdirda xaridor o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechishi, qiymatdagi farqni to‘lashi yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirishni talab qilish huquqiga ega.

Yuqoridagi jadvalda qo‘shimcha opsiyalar, ularning turi va narxi bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillar narxining oshishiga «UzAuto Motors» izoh berdi