4 348
Yangi avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan avtosalonlar ro‘yxati e’lon qilindi
Joriy yil 6 apreldan e’tiboran yangi avtomobil sotib olgan fuqarolar UzAuto Motors kompaniyasining 29ta rasmiy dilerlik korxonalarida avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilarini olishlari mumkin.
“Ro‘yxatda keltirilgan avtosalonlardan avtomobil xarid qilgan fuqarolar mazkur xabar e’lon qilingan kun, ya’ni 13 apreldan boshlab avtotransport vositalarini 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning belgilangan moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Qayd etilishicha, kompaniya IIV YHXBB bilan kelishgan holda ro‘yxatga kiritilmagan dilerlardan (ro‘yxatga kiritilgan 29 ta avtosalonlardan tashqari) avtomobil xarid qilgan fuqarolar avtomobillarini karantin davri tugaganidan so‘ng DYHXXda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari mumkin.
Shu bilan birga, mamlakatda koronavirus pandemiyasi davrida virus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 23 mart kunidan DYHXXning ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim-bo‘linmalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Bildirilishicha, shu sababli fuqarolar tomonidan joriy yilning 23 mart kunidan so‘ng sotib olingan transport vositalarining egalari karantin tugagandan so‘ng 10 kun muddatda avtotransport vositasini rasmiylashtirishi lozim, aks holda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning belgilangan moddalariga asosan javobgarlikka tortiladilar.
Yangi avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan dilerlik korxonalari ro‘yxati:
"XORAZMAVTOTЕXXIZMAT" MCHJ
"BOBUR TRANS LOGISTIK" (Xorazm viloyati)
FARG‘ONA "AVTOTЕXXIZMAT-F" (Farg‘ona viloyati)
"KOKAND AVTO TRЕYD" (Farg‘ona viloyati)
NURAFSHON AVTOCENTR (Toshkent viloyati)
"SIRDARYO AVTOTЕXXIZMAT" (Sirdaryo viloyati)
"OQ OLTIN AVTOTЕXSЕRVIS" (Sirdaryo viloyati)
"SURXONDARYO AVTOTЕXXIZMAT" (Surxondaryo viloyati)
"SURXON AVTOSAVDO" (Surxondaryo viloyati)
"SAMARQAND AVTOTЕXXIZMAT" (Samarqand viloyati)
"AVTO BINOKOR SЕRVIS" (Samarqand viloyati)
"QARAQALPAQAVTOTEXXIZMET" (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
"BERUNIY AVTOSAVDO SERVIS" (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
"CHUST-AVTOTЕXXIZMAT-N" (Namangan viloyati)
"AUTO CAR PART" (Namangan viloyati)
"NAVOIY AVTOTЕXXIZMAT" (Navoiy viloyati)
"NAVOIY-AVTOSAVDO" (Navoiy viloyati)
"AS-KASHKADARYA SERVIS" (Qashqadaryo viloyati)
"QASHQADARYO AVTOTEXXIZMAT" (Qashqadaryo viloyati)
"JIZZAXAVTOTЕXXIZMAT" (Jizzax viloyati)
"Jizzax-Avtosavdo" (Jizzax viloyati)
"O‘ZAVTOTЕXXIZMAT" (Toshkent shahri)
"SЕRGЕLI-AVTOTЕXXIZMAT" (Toshkent shahri)
TRADE-IN CENTR (Toshkent shahri)
"BUXOROAVTOTЕXXIZMAT" (Buxoro viloyati)
"VOBKENT AVTOTEXXIZMAT" (Buxoro viloyati)
"ANDIJAN AVTOTЕXXIZMAT" (Andijon viloyati)
"AS-ANDIJAN SERVIS" (Andijon viloyati). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»