UzAuto Motors kompaniyasi bojxonadagi ushlanib qolishlar va dilerlar bilan bog‘liq muammolar tufayli Rossiyada Chevrolet avtomobillari sotuvini boshlay olmayapti. Bu haqda Gazeta.ru manbasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “budjet” modellari Rossiya bozorlariga qaytishi haqidagi xabarlar shu yil fevral oyida paydo bo‘lgandi. O‘shanda gap Rossiyada Ravon markasi ostida tanilgan avtomobillar haqida ketgandi.
Gap shundaki, UzAuto Motors va General Motors konserning Rossiyadagi vakolatxonasi mashinalar savdosini mart oyidayoq boshlanishini ma’lum qilgan. Buning natijasida esa birinchilardan bo‘lib ushbu davlatga Chevrolet Spark (sobiq Ravon R2), Chevrolet Nexia (sobiq Ravon Nexia R3) va Chevrolet Cobalt(Ravon R4) rusumlari olib kelinishi kerak edi.
Ammo ayrim sabablar bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Rossiyaga yetkazib berishni tashkil etishning imkoni bo‘lmadi. Koronavirus bois joriy etilgan cheklov choralari esa avtoulovlarni kelgusida bojxonadan o‘tkazishni ham qiyinlashtirib yubordi.
Boz ustiga, UzAuto Motors Rossiyada haligacha to‘laqonli dilerlik tarmog‘ini tashkil eta olmadi. O‘tgan yillarda ham Ravon avtomobillarini Rossiya bozorlariga yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar bir necha bor kuzatilgan edi.
Endi Chevrolet brendidagi tejamkor avtomashinalarning Rossiyadagi savdosi eng yaxshi holatda yoz fasli o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Ularning narxlari haligacha e’lon qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi