11:44 / 09.05.2020
3 086

Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi (video)

Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi (video)
Foto: IIHS
AQSH Avtomobil yo‘llari xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) yangi avlod Jeep Wrangler’ini krash-testdan o‘tkazdi va kutilmagan muammoga duch keldi: yo‘ltanlamas to‘siqlar bilan to‘qnashuv sodir etganda to‘rt g‘ildirakda tura olmaydi. Sinov vaqtida avtomobil ikki marotaba ag‘darilib ketgan, deb xabar beradi Motor.

IIHS tomonidan e’lon qilingan videoda 2019 yil ishlab chiqarilgan Wrangler yo‘ltanlamasi haydovchi tomoni bilan qisman to‘siqqa urilib, o‘ng tomonga ag‘darilib ketgan. Jami bir necha bor shu turdagi sinovlar o‘tkazilgan va uchtadan ikki holatda natija bir xil — avtomobil ag‘darilib ketavergan.

Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yo‘ltanlamasga mavjud to‘rt balldan ikki ball qo‘ygan. Chunki ag‘darilish jarohat olish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, Wrangler’ning yon xavfsizlik pardalari yo‘q.

Foto: IIHS

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jeep Wrangler krash-test vaqtida ikki marta ag‘darilib ketdi (video)