
Foto: Instagram / Liucunyi
Yangi Mercedes-Benz S-Class’ning tashqi ko‘rinishi va intereri premeradan oldin to‘liq ma’lum bo‘ldi. Test prototiplaridan biri Xitoyda kameraga muhrlangan — guvohlar mashina kuzovi va salonini ham suratga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. W223 seriyasida flagman sedani Xitoyga ichki taqdimot uchun olib kelingan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Motor.
Mercedes-Benz S-Class avlodining almashishi bilan inqilobiy dizayn o‘zgarishlari kutilmoqda: orqa vertikal fonarlardan yukxona tepasidagi gorizontal seksiyalar hisobiga voz kechilgan, old faralar ingichkalashgan, optika tasviri o‘zgargan.

Foto: Instagram / Liucunyi
Orqa tomonidagi xromlangan ikkita «vstavka» o‘rniga bitta qolgan, radiator panjarasining shakli ham murakkablashgan: endilikda u qirralari yoysimon yetti burchakli detalni yodga soladi.
Salon arxitekturasi to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan: MBUX multimediya kompleksidan alohida keng o‘lchamli qurilmalar paneli va deyarli kvadrat shaklga ega ma’lumot beruvchi planshet tizimi foydasiga voz kechilgan.

Foto: Instagram / Liucunyi
«Raqamli» intererda firmaning an’anaviy soatlariga joy topilmagan, turli tugmalar soni esa keskin kamaytirilgan. Yechiluvchan planshetlar esa orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun asosiy jihozga aylanishi mumkin.

Foto: Instagram / Liucunyi
S-Class’ga kiruvchi flagman sedani haqida qolgan ma’lumotlar yaqin vaqtlar ichida ma’lum bo‘ladi, chunki model premerasi 2020 yil oxiriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Instagram / Liucunyi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar