11:40 / 02.06.2020
3 838

AQSHda o‘nlab elektromobillar chiqindixonaga tashlab yuborildi (video)

AQSHda o‘nlab elektromobillar chiqindixonaga tashlab yuborildi (video)
Foto: WTHR
Amerikadagi karshering operatorlaridan biri bo‘lmish Bluelndy kompaniyasi koronavirus pandemiyasi vaqtida kasodga uchradi. Elektromobillarga talab yo‘qligi sabab firma avtoparkidagi o‘nlab mashinalar chiqindixonaga tashlab yuborildi, deb xabar beradi Motor.

Bluelndy firmasi besh yildan beri mavjud bo‘lib, Indianapolis aholisiga elektromobillarni qisqa muddatli ijaraga berish bilan shug‘ullanadi — uning parkida 280 transport vositasi mavjud. Biroq koronavirus pandemiyasi karshering bozoriga jiddiy zarar yetkazdi va ko‘plab kompaniyalar cheklov choralari yechilganidan so‘ng ham o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ya olmadi. Bu kabi firmalar qatoridan Bluelndy ham o‘rin oldi.

Operatorga tegishli mashinalarning bir qismi boshqa karshering firmasiga topshirilgan, qolgan elektrokarlar chiqindixonaga olib borilgan — u yerda mashinalarni qismlarga ajratish boshlangan.

Avvalroq butun dunyoga mashhur Hertz ijara idorasi ko‘p milliardlik qarzlari va koronavirus pandemiyasi oqibatida talabning kamayib ketgani sabab bankrotligini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda o‘nlab elektromobillar chiqindixonaga tashlab yuborildi (video)