Kadr: YouTube
YouTube’dagi Archie Hamilton Racing kanali mualliflari Lamborghini Urus va Audi RS6 Avant’ni o‘zaro kuch sinashtirdi. Ikkala avtomobilga ham V8 4,0 TFSI turbomotori o‘rnatilgan.
Lamborghini Urus’ga o‘rnatilgan «turbosakkizlik» 650 ot kuchiga va 850 Nm aylanishlar momentiga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa soatiga 305 kilometrni tashkil etadi. Ammo bu yo‘ltanlamas uchun oxirgi chegara emas: Mayamidagi 1010 Industries ustaxonasi Urus’ga 852 ot kuchini beruvchi qo‘shimcha jamlanma paketini taklif etadi, bunda uning zavod tomonidan berilgan kafolati ham yo‘qolmaydi.
Audi RS 6 Avant’ning dvigateli esa 600 ot kuchi va 800 Nm aylanishlar momentiga ega. Universal soatiga 100 kilometr tezlikka erishish uchun 3,6 soniya kifoya, shuningdek, maksimal tezligi 305 km/soatga teng. Agarda bu kamlik qilsa, Wheelsandmore mutaxassislari 42 ming yevro evaziga turbokompressorlarni almashtirib, unumni 1010 ot kuchi va 1250 Nm aylanishlar momentiga qadar ko‘tarib beradigan katalizator daunpayp o‘rnatib berishga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi