22:58 / 10.06.2020
10 833

Navoiyda Xitoy brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning taxminiy narxi ma’lum qilindi

Navoiyda Xitoy brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning taxminiy narxi ma’lum qilindi
Oushan COS1° GT.
Foto: Wikipedia

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida Navoiy Motors qo‘shma korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani hamda qiymati 12 million dollarga teng ushbu loyiha doirasida Xitoyning Oshan brendi ostida dastlab ichki bozor uchun yo‘ltanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Korxona rahbari mazkur avtomobillarning taxminiy narxini ma’lum qildi.

Korxona rahbari Sherzod Mo‘minovning aytishicha, ayni paytda zavodni qurish ishlari jadal davom etmoqda. Yil yakuniga qadar mazkur ishlar to‘liq yakunlanib, avtmobillarni yig‘ish va sotish ishlarini ham boshlash ko‘zda tutilgan. Avtomobillar narxi, taxminan, 13 ming dollardan 30 ming dollargacha bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, O‘zA korxona bosh texnologi Afshin Shakeriga tayanib, Navoiy Motors’ning O‘zbekiston—Eron hamkorligida qurilayotganini ma’lum qilgandi. Navoiy Today’ning yozishicha, zavod O‘zbekiston—Avstraliya qo‘shma korxonasi hisoblanadi.

Avvalroq «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi «Jizzax avtomobil zavodi» MCHJ kompaniyasi bazasida Volkswagen Caddy yengil tijoriy avtomobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani va avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Navoiyda Xitoy brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning taxminiy narxi ma’lum qilindi