09:30 / 31.07.2020
3 078

AQSHda «Telba Maks» uslubida yaratilgan Chevrolet Corvette 6600 dollar bahosida sotuvga qo‘yildi

AQSHda «Telba Maks» uslubida yaratilgan Chevrolet Corvette 6600 dollar bahosida sotuvga qo‘yildi
Foto: Barnfinds
Kanzasda 1998 yilgi Chevrolet Corvette C5 sportkari bazasida yaratilgan noodatiy baggi sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Motor.

«Telba» baggi 1998 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Corvette sportkari bazasida yaratilgan. Modifikatsiyaga uchragan avtomobilning o‘ziga xosligi old panellar, kapot va eshiklarning yo‘qligida. Model old tomoniga 2018 yilgi Jeep’ning kuchaytirilgan bamperi va Polaris PZR yo‘ltanlamasining faralari o‘rnatilgan. Mashina kuzovi qo‘shimcha qattiqlik kartasi bilan himoyalangan. Baggiga BBS diskalari kiygizilgan.

Foto: Barnfinds
Eshiklar va orqa oynalar yechilgani sabab noodatiy transport vositasidan qishda, shuningdek, oddiy yo‘llarda ham foydalanish mumkin. Modifikatsiyaga uchragan avtomobil ichi xavfsizlik kamarlari, multimedia tizimi va konditsioner bilan jihozlangan.

Foto: Barnfinds
Baggi kapoti ostiga 350 ot kuchi va 475 Nm aylanuvchi momentga ega 5,7 litrli V8 motori o‘rnatilgan. Agregat Corvette C6’ning olti pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Ayni vaqtda «Telba Maks» uslubida yaratilgan baggini 6600 dollar evaziga xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHda «Telba Maks» uslubida yaratilgan Chevrolet Corvette 6600 dollar bahosida sotuvga qo‘yildi