13:33 / 01.08.2020
3 541

Ronaldu 8 mln yevroga Bugatti Centodieci sotib oldi (foto)

Ronaldu 8 mln yevroga Bugatti Centodieci sotib oldi (foto)
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mashina sotib oldi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 8 million yevroga Bugatti Centodieci sotib olgan.

Foto: Bugatti Centodieci
Bugatti Centodieci cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Fransuz kompaniyasi ushbu mashinalarning atigi 10 tasini brendning 110 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqaradi.

Foto: Bugatti Centodieci
Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 380 kilometrga teng. U 2,4 soniyada tezligini 100 km/soatgacha ko‘tarishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu ushbu avtomashinani «Yuventus»ning A Seriyadagi g‘alabasi sharafiga sotib olgan, biroq u mashinani 2021 yilda oladi.

Avvalroq Ronaldu jamoasining A Seriyadagi g‘alabasidan so‘ng 6 million yevroga yaxta sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Turin klubi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ronaldu 8 mln yevroga Bugatti Centodieci sotib oldi (foto)