07:34 / 04.09.2020
2 368

Xitoyning tutqich va qulflarsiz elektron tarzda ochiluvchi olti eshikli HiPhi X krossoveri haqida

Xitoyning tutqich va qulflarsiz elektron tarzda ochiluvchi olti eshikli HiPhi X krossoveri haqida
Foto: Motor
HiPhi X elektrokrossoveri ustida olib borilayotgan ishlarning so‘nggi bosqichi boshlandi va Human Horizons kompaniyasi uning o‘ziga xos jihati haqida ma’lumot berishga qaror qildi. Gap an’anaviy tutqichlar hamda mexanik qulflarga ega bo‘lmagan eshiklarni ochuvchi NT Door tizimi haqida ketmoqda — ular o‘rnini elektronika egallagan, deb xabar beradi Motor.

Yo‘ltanlamas prototipi 2019 yilda taqdim etilgan bo‘lib, dastlab HiPhi 1 deb atalgan. Unga 96 kilovatt/soatli akkumulator va har birining quvvati 268 ot kuchiga teng ikkita elektromotor o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, elektromobil joyidan qo‘zg‘alib, 3,6 soniya ichida soatiga 100 kilometr tezlikka erisha oladi. Bir marta quvvatlanish orqali esa 644 kilometr masofa bosishga qodir. Model birinchi bor taqdim etilgan ko‘rinishidan deyarli farq qilmaydi, faqat bir marta quvvatlanish orqali bosib o‘tiladigan masofa 610 kilometrni hamda 100 km/soatga erishish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 3,9 soniyani tashkil etardi.

HiPhi X uchinchi darajali avtopilot, yorug‘lik indikatsiyaga ega dasturlanuvchi matritsali optika, Human Oriented Architecture (HOA) platforma dasturiga ega bo‘ladi, shuningdek, u 5G-V2X standartini qo‘llab-quvvatlaydi va NT Door eshiklari to‘liq elektron tarzda ochiladi. Avtomobilning barcha oltita eshigi alohida modul yordamida boshqariladi, ularni esa maxsus tugmani bosish orqali ochish mumkin. Ochish-yopish variantlari: «aqlli» kalit, yuzni tanish, smartfonda yoki maxsus ilovadagi virtual ID.

Bundan tashqari, HiPhi X olti turdagi to‘xtatish va tushirish ssenariylarini taklif etadi, 360 daraja atrofni kuzatuvchi yaqinlashish datchigi esa eshikni qaysi burchak ostida xavfsiz ochish mumkinligini ko‘rsatadi. Elektronika qism «havo orqali» yangilanadi. Krossoverni ishlab chiqarish shu yil oxiridan, savdolar esa 2021 yildan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyning tutqich va qulflarsiz elektron tarzda ochiluvchi olti eshikli HiPhi X krossoveri haqida