
2020 yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSH dollari sarflangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar