
Foto: PAL-V
Niderlandiyada PAL-V Liberty deb nomlangan uchar avtomobil umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanish uchun mamlakat transport boshqarmasining ruxsatnomasini oldi. Bu haqda PAL-V kompaniyasi xabar berdi.
PAL-V Liberty hirokopter bo‘lib, undan avtomobil sifatida foydalanish mumkin. Uning narxi 500 ming yevroga teng.
Avtomobilning havodagi va yerdagi maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Avtomobildan hirokopterga aylanish uchun unga besh-o‘n daqiqa kerak bo‘ladi. PAL-V Liberty benzinda harakatlanadi. U 400-500 km masofaga uchishi va havoda 4,3 soat turishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar