4 323
Deputat: «Puli to‘langach, ham oylab mashina chiqishini kutsang, ham 85 foiz pul to‘lash qaysi aqlga sig‘adi?»
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda mashina olish uchun avvaldan 85 foiz to‘lov qilish masalasini tanqid qilib chiqdi.
«Hamma biladiki, Uzavtomotors AJ dilerlari bilan avtomashina sotib olishda shartnoma qiymatining kamida 85 foizini oldindan to‘lash talablari ko‘rsatilgan. Monopolistning iste’molchiga diktovkasi shu qadar kuchliki, hech kim nega 85 foiz oldindan to‘lov qilishim kerak o‘zi deb so‘rab ham o‘tirmaydi.
Mashina puli to‘langach, minib ketilsa-ku, mayli, lekin puli to‘langach, oylab mashina chiqishini kutsang ham 85 foiz pul to‘lash qaysi aqlga sig‘adi?
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, shartnoma shartlari kuchga kirishi uchun 15 foiz oldindan to‘lov kifoya. Bu me’yorlar bundan 25 yil avvalgi farmonda belgilab qo‘yilgan.
Aytishingiz mumkin, farmonda oldindan to‘lovning eng kam miqdori 15% etib ko‘rsatilgan. Demak 50 foiz ham, 85 foiz ham, hatto 100 foiz ham mumkin deb. Ha, shunday, lekin qonunga ko‘ra bu tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilanadi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra Tovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli hamda tartibi iste’molchi bilan sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Tomonlar o‘rtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar to‘g‘risida kelishuvga erishilsa, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Lekin Siz Uzavtomotors AJ bilan 15 foiz oldindan to‘lov shartlarida avtomashina sotib olish uchun shartnoma tuzishga urinib ko‘ring. Qonun bo‘yicha bunga haqli bo‘lsangiz ham aslo buning iloji yo‘q, chunki ular monopolist diktovkasi bilan tuzilgan shartnomaning bitta harfini ham o‘zgartirishmaydi. Nega? Chunki u monopolist.
Endi siz masalan, mebel sotuvchi bilan shartnoma tuzing, shartnomaning har bir bandini sotuvchi bilan muhokama qilib, o‘zaro kelishuv asosida belgilaysiz, bemalol 15 foiz oldindan to‘lov bilan mebel buyurtma qila olasiz. Chunki sizda mebel olishda tanlov bor.
Shunga shunchami, deysizmi? 85 foiz oldindan to‘lov bu Uzavtomotors AJ uchun tekin kredit, siz uchun esa ortiqcha to‘lov aslida.
Masalan, o‘tgan haftada 2021 yil iyun oyida avtomashina chiqarish shartlarida (!) Labo avtomashinasi sotib olish uchun shartnoma tuzishi mumkin edi (hozir salonlarda Laboga shartnoma qolmagan).
Ya’ni, 85 foiz to‘lov qilgan xaridor Laboni 8 oy kutadi (yana +30 kun ham qo‘shilgan). 76 million so‘mlik Laboning 85 foizi 65 mln. so‘m bo‘ladi. Vaholanki, xaridor Labo olishga shartnoma tuzish uchun 65 mln. so‘m emas, 11 mln. so‘m to‘lashga to‘la haqli. Yo‘q, Uzavtomotors AJ monopol shartlarini tiqishtirib, bunga aslo rozi bo‘lmaydi. Natijada xaridorning 54 mln. so‘m puli 8 oyga muzlaydi, Agar shu pulni xaridor eng past stavkada yillik 14% ustama bilan bank depozitida 8 oy saqlasa, kamida 5 mln. so‘m qo‘shimcha daromadga ega bo‘lgan bo‘lardi. Bu degani o‘sha 76 mln. so‘mlik Labo xaridorga, 76 mln. so‘m emas, kamida 81 mln. so‘mga tushayapti degani.
Xaridordan oldindan 85 foizlik to‘lov olgan Uzavtomotors AJ nima qiladi, avvalo o‘zining puliga emas, xaridorning puliga avtomashina ishlab chiqaradi, yana banklardagi depozitlarda bir necha oy saqlash evaziga daromad ham ko‘radi.
Darvoqe, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi Uzavtomotors AJ avtomashinalari tannarxini hisoblaganida xaridorlardan 85 foizlik to‘lov hisobiga yig‘ilgan mablag‘larni monopolistning bank depozitlariga joylashtirishdan olingan milliardlab daromadlarni inobatga olganmikan?
Ma’lumot uchun: Uzavtomotors AJ (DjiEm O‘zbekiston AJ) 2011 yilga qadar ham 15 foiz oldindan to‘lov shartlarida shartnomalar tuzib kelgan.
Deputat sifatida Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasidan Uzavtomotors AJ dilerlaridan avtomashina sotib olishda 85 foizlik oldindan to‘lov majburiyati amaldagi qonunchiligimizga muvofiqligi masalasini ham alohida o‘rganib chiqishni so‘rab qolaman. Uzavtomotors AJ esa oldindan 85 foiz to‘lov evaziga shakllangan milliardlab bepul mablag‘lar hisobidan ega bo‘layotgan qo‘shimcha daromadlari qay yo‘nalishda sarflanayotganini ochiqlasa, yomon bo‘lmasdi», - deyiladi deputat munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, Uzavtomotors AJ yaqindagina Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan sudlashib, g‘olib chiqqandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi