2 882
Equinox O‘zbekistonda qariyb 34 ming dollardan sotilmoqda, UzAuto Motors esa uni AQSH kompaniyasidan 22,8 ming dollarga sotib oladi
Foto: General Motors
UzAuto Motors kompaniyasi 2020—2021 yillarda O‘zbekistonga jami 8750 dona Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Bu haqda, Davlat xaridlari portalidagi ochiq ma’lumotlarga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
General Motors Overseas Distribution LLC bilan shartnoma 2019 yil 27 noyabrda imzolangan. Kelishuvning qiymati 199,9 million dollar yoki ushbu modeldagi har bir mashina uchun taxminan 22 845,9 dollarni tashkil etadi (narx CIP/CPT bo‘yicha ko‘rsatilgan).
Ayni vaqtda, UzAuto Motors kompaniyasi Equinox’ni O‘zbekiston bozorida 349 million so‘m (Markaziy bankning 8 noyabrdagi kursi bo‘yicha 33 664,9 dollar)dan sotmoqda — bu avtomobilning import narxidan 10 819 dollarga yoki 47 foizga ko‘p.
Skrinshot: «Exarid.uzex.uz»
Bundan tashqari, UzAuto Motors 2020 yil 10 aprelda GM Korea Company bilan Malibu (1.5T/2.0T LT/ 2.0 T LTZ) xarid qilish bo‘yicha 57,3 million dollarlik shartnoma ham tuzgan. Shartnomada avtomobillar soni va narxi ko‘rsatilmagan.
Avvalroq, oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Doniyor G‘aniyev hamda Bekmirza Eshmurzayev UzAuto Motors va Jizzax avtomobil zavodiga mashinalarni import qilishda va utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha berilgan imtiyozlar yuzasidan batafsil axborot berish talabi bilan Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasiga so‘rov yuborgan edi. Mazkur so‘rovga Davlat bojxona qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlar faqat tanishish uchun berilgani, maxfiy deb belgilangani uchun bu ma’lumotlarni oshkor qilib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.
2019 yil iyulida yangi Chevrolet Onix sedani va UzAuto Motors’ning boshqa modellari, xususan, Damas, Lacetti, Spark, Nexia va Cobalt’ni nechog‘liq mahalliylashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
O‘shanda Onix’ning xorijda ishlab chiqarilgan detallari qiymati 2300 dollarga, mahalliy ehtiyot qismlari esa 4200 dollarga, Lacetti’niki — mos ravishda 4319 va 2938 dollarga, Spark’niki — 2393 va 2984 dollarga, Nexia’niki — 2995 va 3500 dollarga, Cobalt’niki — 2656 va 3488 dollarga hamda Tracker’niki — 4000 va 6400 dollarga baholangan edi. Ta’kidlash joiz, avtomobilning yakuniy qiymatiga logistika xarajatlari, ishchilar mehnati, bank kreditlari va boshqa xarajatlari ta’sir qiladi.
Ma’lumot uchun, 2019 yil yakunlariga ko‘ra UzAuto Motors kompaniyasi 2,65 trillion so‘m miqdorida sof foyda olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi